"Dinamo" yangi mavsumga tayyorgarlikni Samarqandda boshlaydi

Sherzod Nurmatov
22 dek 2025
Yangi yilda yangi maqsadlarni ko'zlagan "Dinamo" jamoasi 2026 yilgi mavsumga hozirlikni boshlash arafasida turibdi.

"Vadim Abramov murabbiyligidagi jamoamiz 23 dekabr, seshanba kunidan Samarqanddagi qarorgohda yangi mavsumga taraddud ko'rishni boshlaydi. 

Murabbiylar shtabi bir haftalik yig'inda futbolchilarning jismoniy holatini tiklash ustida ish olib boradi. Shuningdek, bir qator rejalar o'rin olgan", – deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Динамо" матбуот хизмати