“Dinamo” (Vladivostok) kiperi o'zini oynadan tashlab, halok bo'ldi. Bunga uni tarkibdan chiqarishgani sabab bo'lgani aytilmoqda

Eldor Akmurzayev
26 fev 2023, 09:20
19 yoshli darvozabon David Alekseev “Ural” tarbiyalanuvchisi hisoblanardi va asosiy jamoada o'rtoqlik o'yinlarida ishtirok etgandi.

Keyinchalik esa u “Dinamo” (Vladivostok) klubiga ko'chib o'tdi va joriy mavsum 2-ligada 9 ta uchrashuvda qatnashishga ulgurgandi. Alekseevning sobiq sherigi Sergey Virupaevning takidlashicha, Davidning o'z joniga qasd qilishiga “Dinamo”ning futbolchilar ro'yxatidan chiqarilgani sabab bo'lgan. U hissiyotlarini enga olmay, o'zini oynadan tashlagani aytilmoqda.

Biroq, Vladivostok klubi Virupaevning ko'rsatmalarini tasdiqlamadi. Jamoa hozirda ikkinchi divizionda 6-o'rinda ketmoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: football24.ru