"Dinamo" to'rt nafar futbolchi bilan xayrlashdi

Narzulla Saydullayev
9 iyul 2019, 10:49
Superliga birinchi davrasidan keyin “Dinamo” jamoasi tarkibida o'zgarishlar yuz berdi.

“Dinamo” PFK to'rt nafar futbolchi – Vohid Shodiev, Otabek Narzullaev, Avaz Agaliev va Maksimilian Fomin singari futbolchilar bilan xayrlashdi. Jamoa ushbu futbolchilarga hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirib, keyingi faoliyatlariga omad va zafarlar tilab qoladi.

Davralar oralig'ida “Dinamo” jamoasi Toshkentda yig'in o'tkazib, ikkinchi davra uchrashuvlariga tayyorgarlik ko'radi. O'quv-yig'in mashg'ulotlarida jamoa safida yangi futbolchilar sinovdan o'tkaziladi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcdinamo.uz