"Dinamo" Rossiya, Armaniston va Qozog'istonning ko'p karra chempionlariga qarshi o'yin o'tkazadi

Sherzod Nurmatov
3 fev 2026, 18:27
Superliga-2026ga yakuniy tayyorgarlik bosqichini Birlashgan Arab Amirliklarida o'tkazadigan "Dinamo" jamoasi bir qator nomdor klublarga qarshi maydonga tushadi.

"Klub matbuot xizmati 1-yig'inda bo'lgani kabi Dubaydagi 2-yig'inni ham to'liq yoritib borishni rejalashtirgan.

Xususan, 12 fevral kuni 13 karra Armaniston chempioni "Pyunik" bilan bahs o'tkazilsa, 14 fevralda Rossiyaning 3 karra chempioni "Lokomotiv" Moskvaga qarshi maydonga tushiladi. Yana ikki kun o'tib - 16 fevralda esa Qozog'istonning 7 karra chempioni "Astana" klubi "Dinamo"ga qarshi o'yin o'tkazadi. 19 fevralda esa 2025 yil Qozog'iston Premer-ligasida 4-o'rinni egallagan "Elimay" klubi ko'hna shahar jamoasining Dubay yig'inidagi so'nggi raqibiga aylanadi.

Ushbu bahsdan keyin "Dinamo" O'zbekistonga qaytib, Samarqandda o'tadigan Superliga 1-turi doirasidagi "Navbahor"ga qarshi o'yinga hozirlik ko'radi", – deyiladi xabarda. 

"Dinamo"ning BAA 2-yig'inidagi o'yinlari ro'yxati (6–19 fevral):

9 fevral. Abu-Dabi

"Dinamo" – "Zenit" (Rossiya)

12 fevral. Dubay

"Dinamo" – "Pyunik" (Armaniston)

14 fevral. Abu-Dabi

"Dinamo" – "Lokomotiv" (Rossiya)

16 fevral. Dubay

"Dinamo" – "Astana" (Qozog'iston)

19 fevral. Dubay

"Dinamo" – "Elimay" (Qozog'iston)

Avvalroq "Dinamo" "Zenit" bilan o'ynashi haqida ma'lumotlar paydo bo'lgan edi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Динамо" матбуот хизмати