Superliga. "Dinamo" - "Qo'qon-1912" uchrashuvida beshta gol urildi, Hojimirzaevdan dubl

Narzulla Saydullayev
29 iyul 2026, 22:00
Superliganing 14-turidan o'rin olgan "Dinamo" - "Qo'qon-1912" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Superligasi. 14-tur
"Dinamo" - "Qo'qon-1912" 3:2
Samarqand, "Dinamo" stadioni
Hakamlar: Jasur Muxtorov, Islom Azimov, Sherzod A'zamov, Javohir Sadaqulov
VAR: Abdurashid Xudoyberganov
AVAR: Shohruh Maqsudov
Nazoratchi: Marat Ismailov
Komissar: Jalolxon Inog'omxo'jaev

Gollar: Javohir Husanov 2, - 0:1 (Egor Kondratyuk). Anvar Hojimirzaev 6, - 1:1 (Oybek O'rmonjonov). Anvar Hojimirzaev 29 penalti, - 2:1. Sanjar Qodirqulov 69, - 3:1 (Behruzbek Oblaqulov). Silvanus Nimeli 71, - 3:2 (Javohir Sidiqov).

"Dinamo": 1. Edem Nemanov, 2. Artyom Radaev (6. Jahongir O'rozov, 61), 3. Mixail Shtefan, 10. Anvarjon Xojimirzaev, 19. Tigran Avanesyan (77. Behruzbek Oblaqulov, 67), 20. Jaloliddin Jumaboev, 21. Jahongirbek Abdusalomov (7. Sanjar Qodirqulov, 61), 25. Oybek O'rmonjonov, 26. Marko Stanoevich (17. Salim Mustafaev, 88), 30. Xaris Xaydarevich (4. Nurillo To'xtasinov, 46), 37. Firdavs Abdurahmonov.
Zaxira: 71. Sarvar Karimov, 11. Xislat Xalilov, 18. Raul Jeparov, 22. Ulug'bek Abdullaev, .

"Qo'qon-1912": 1. Rustam Nartajiev, 4. Asliddin Toshtemirov, 6. Alisher Salimov (10. Shohruh Gadoev, 57), 7. Javohir Sidiqov, 8. Shota Gvazva, 9. Javohir Husanov (22. Toma Tabatadze, 66), 14. Ibrohim Yo'ldoshev (44. Andro Giorgadze, 77), 19. Shahzod Akramov, 20. Iqboljon Malikjonov, 21. G'ulom-Haydar G'ulomov (99. Muhammadanas Hasanov, 57), 69. Egor Kondratyuk (11. Silvanus Nimeli, 57).
Zaxira: 13. Rahimjon Davronov, 15. Zafar Hakimov, 17. Farhodjon Sohibjonov, 70. Shohruh Mahmudhojiev, .

Ogohlantirishlar: Nurillo To'xtasinov 47, Tigran Avanesyan 65, Shohruh Gadoev 73, Behruzbek Oblaqulov 88,

MATNLI TRANSLYATSIYA

90+6. O'yin tugadi, “Dinamo“ - “Qo'qon-1912“ 3:2

90+5. UXXXX! O'rozov to'pni darvozabonga uzatdi sal qolsa Nimeli gol urib ketardi!

90. Uchrashuvga 5 daqiqa qo'shildi

90. ZARBAAAAAAA! EDEM NEMANOVDAN AJOYIB SEYV! Giorgadzedan zarba va darvozabondan seyv!

88. O'zgarish. "Dinamo". Stanoevich o'rniga Mustafoev tushdi

88. Ogohlantirish. Behruzbek Oblaqulov

86. ZARBAAA! Toma Tabatadzening jarima maydoni ichidan tepgan zarbasi noaniq ketdi!

85. Zarba! Burchakdan uzatilgan to'pni Giorgadze boshi bilan yo'lladi, noaniq

77. O'zgarish. “Qo'qon-1912“. Yo'ldoshev o'rniga Giorgadze tushdi

75. Zarba! Gadoev jarima maydoni ichidan tepgan zarbasi yo'liga himoyachi to'g'anoq bo'ldi

73. Ogohlantirish. Shohruh Gadoev

71. GOL! SILVANUS NIMELI. Sidiqovning burchakdan uzatgan to'pini Nimeli boshi bilan darvozaga yo'lladi - 3:2.

69. GOL! SANJAR QODIRQULOV. Oblaqulovning super uzatmasidan keyin Qodirqulov gol urdi - 3:1.

67. O'zgarish. “Dinamo“. Avanesyan o'rniga Oblaqulov tushdi

66. O'zgarish. “Qo'qon-1912“. Husanov o'rniga Tabatadze tushdi

66. ZARBAAA! Sidiqovning to'p uzatishidan keyin Yo'ldoshev boshi bilan zarba berdi, Nemanov o'z o'rnida

65. Ogohlantirish. Tigran Avanesyan

61. O'zgarishlar. "Dinamo". Abdusalomov va Radaev o'rniga O'rozov va Qodirqulov tushdi

60. Burchakdan Hasanov uzatgan to'pni Nemanov qaytardi

57. Qo'qonliklarda jarima to'pi, Sidiqovning uzatmasi darvozabonga bordi

57. O'zgarishlar. "Qo'qon-1912". Salimov, G'ulomov v Kondratyuk o'rniga Hasanov, Gadoev va Nimeli tushdi

47. Ogohlantirish. Nurillo To'xtasinov

46. O'zgarish. “Dinamo“. Xaydarevich o'rniga To'xtasinov tushdi

45+3. Birinchi taym tugadi, hozircha 2:1

45+3. Zarba! Abdurahmonovning zarbasi ham noaniq ketdi

45+2. Zarba! Akramovning zarbasi noaniq chiqdi

45+1. GOL! Hojimirzaev gol urdi, ammo o'yindan tashqari holat qayd etildi va gol inobatga olinmadi

45. Birinchi taymga 3 daqiqa qo'shildi

38. Zarba! Tigran Avanesyaning zarbasi ancha noaniq ketdi

29. GOL! ANVARJON HOJIMIRZAEV! Penaltidan dublga erishdi Hojimirzaev 2:1.

28. PENALTI! "Qo'qon-1912" darvozasi tomon. Salimov to'pni qo'li bilan o'ynagani uchun. Bosh hakam VAR orqali penalti belgiladi

22. ZARBAAA! Xaydarevichning zarbasidan keyin darvozabon to'pni qaytardi, Abdurahmonov qulay vaziyatdan gol ura olmadi!

17. ZARBA! Abdurahmonovning to'p uzatishidan keyin O'rmonjonov jarima maydoni ichidan aniq zarba berdi, bu safar Nartajievdan seyv

16. ZARBA! Sidiqovning to'p uzatishidan keyin Husanov kuchli zarba berdi, Nemanovdan seyv

9. Zarba! Xaydarevichning jarima maydoni tashqarisidan tepgan zarbasi kuchsiz va noaniq chiqdi

6. GOL! ANVAR HOJIMIRZAEV! Abdusalomov-O'rmonjonov-Hojimirzaev kombinaciyasi gol bilan tugadi - 1:1.

2. GOL! JAVOHIR HUSANOV! Kondratyuk qanotda ajoyib reyd namoyish etdi va to'pni Husanovga uzatdi, Javohr hisobni ochdi - 0:1.

1. O'YIN BOSHLANDI!

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia