

Shunday qilib, "Dinamo" mavsumni eng so'nggi 16-o'rinda tugatdi. Samarqand klubi reglament bo'yicha keyingi yilni birinchi ligada boshlaydi.
Jamoa o'z tarixida uchinchi bor oliy ligani tark etdi. 1993 yil "Dinamo" 16ta jamoa orasida 16-o'rinni egalladi. 1997 yilda esa 18ta klub orasida 15-o'rinni band etib birinchi ligaga tushib ketgandi.
Ma'lumot uchun, "So'g'diyona" klubi 15-o'rinni oldi va "Oq-tepa" bilan oliy ligada qolish uchrashuvini o'tkazadi.



