Dinamo o'rtoqlik uchrashuvida yirik hisobda zafar quchdi

Narzulla Saydullayev
17 mar 2021
Pro liga yangi mavsumiga tayyorgarlik ko'rayotgan Dinamo jamoasi Samarqandda o'rtoqlik o'yini o'tkazdi.

Dinamo stadionida kechgan bahsda Hakim Fuzaylov jamoasi Birinchi liga bahslariga tayyorgarlik ko'rayotgan Jomboyga qarshi maydonga tushishdi.

Uchrashuvning birinchi bo'limida hisob ochilmagan bo'lsa, ikkinchi bo'limda Dinamo raqibidan tajriba bobida ustun ekanligini ko'rsatdi. Jasur Hasanovning uzatmasini Temur Usmonov golga aylantirib, hisobni ochgan bo'lsa, 4 daqiqa o'tib, Sardor Eminovning to'p oshirishini yana o'sha Usmonov golga aylantirib, dubl qayd etdi. 68-daqiqada Temur Ismoilov farqni uchtaga oshirgan bo'lsa, 72-daqiqada Shoxruh Abdurahmonov jarima maydoni tashqarisidan ajoyib golga mualliflik qildi – 4:0.

Ma'lumot uchun, Dinamo Pro liga 1-turida 24 mart kuni Samarqandda Yangier klubini qabul
qiladi.

17 mart (chorshanba)
O'rtoqlik uchrashuvi. Samarqand
Dinamo - Jomboy - 4:0
Gollar:
Temur Usmonov 60, 64, Temur Ismoilov 68, Shoxruh Abdurahmonov 72.
Dinamo: Farhod Rahmatov, Obid Jo'raboev, Muhammadqodir Hamraliev, Jasur Hasanov, Komil Sharofutdinov, Oleg Marchuk, Humoyun Sherbo'taev, Sardor Eminov, Timur Hakimov, Akmal Kozimov, Mixaylo Udod.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Dilshod Hamroev, Jamshid Hasanov, Temur Usmonov, Temur Ismoilov, Shoxruh Abdurahmonov, G'olib Sariboev, Siroj Meliev.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcdinamo.uz