

Sergey Lushan boshchiligidagi "Dinamo" jamoasining mashg'ulotlariga iqtidorli yarim himoyachi Jahongir Ahmadov kelib qo'shildi. Bugunga qadar "Paxtakor" o'rinbosarlarida to'p tepib kelayotgan futbolchi endilikda samarqandliklar sharafini himoya qiladi. Shuningdek, jamoani uch nafar futbolchi tark etdi, "Dinamo" yetakchisi Jasur Azimov "Qizilqum"ga yo'l olgan bo'lsa, Jasur O'rinov va tajribali futbolchi Alisher Yusupovlar ham tark etdi. Ko'rikda bo'lgan bir nechta futbolchilarga esa javob berib yuborildi.



