

Shu tariqa, "Dinamo"ning golsiz seriyasiga 9ta o'yinga etdi. Jamoa so'nggi bor 13-turda "Neftchi" bilan Farg'onadagi bahsda gol urgandi. O'sha uchrashuvning 72-daqiqasida Amirjon Safarov mezbonlar darvozasiga to'p kiritgandi. Shundan keyin "Dinamo" futbolchilari maydonda 828 daqiqa (yoki 13 soatu 48 daqiqa) harakat qilib bironta gol ura olishmadi!




