

Dinamo klubi joriy mavsumda uzoq yillar davom etgan noxush ananalarga chek qo'ydi. Jumladan:
17 YILDA ILK BOR…
Dinamo 17 yil o'tib, Toshkentda Paxtakorni mag'lub etdi. Moldovalik 22 yoshli himoyachi Radu Rogakning 89-daqiqada kiritgan goli jamoaning tarixiy g'alabasini taminladi. Bunga qadar, Dinamo 2000 yilda Muhsin Muhammadiev va Elshan Gambarovning gollari evaziga Paxtakorni safarda 1:2 hisobida mag'lub etgan edi.
Oliy Liga-2017. 3-tur.
Paxtakor - Dinamo - 0:1
Gol: Radu Rogak, 89.
17 YILDA ILK BOR…
Dinamo oradan 17 yil o'tib, chempionat davomida Oliy Liga turnir jadvalida ma'lum muddat peshqadamlik qildi. Jamoa dastlabki uch turda Bekobodda Metallurg (0:2), Samarqandda Sho'rtan (3:0), Toshkentda Paxtakor (0:1) ustidan g'alabalarga erishgach, Oliy Ligada peshqadamga aylangan edi.
Bungacha Dinamo uzoq 2000 yilda marhum murabbiy Mahmud Rahimov qo'l ostida peshqadamlik qilgandi.

ORADAN 16 YIL O'TIB…
Dinamo 16 yil o'tib, Farg'onada Neftchini mag'lub etdi. Jasur Azimov, Orif Mamajonov, Amirjon Safarovning kiritgan gollari Vadim Abramov shogirdlarining mag'lub etilishini taminladi.
Bunga qadar, Dinamo 16 yil oldin, 2001 yilda Muhsin Muhammadievning yagona goli evaziga Neftchini safarda mag'lub eta olgandi.
Oliy Liga-2017. 13-tur.
Neftchi - Dinamo - 2:3

DINAMONING OLIY LIGA TARIXIDAGI ENG YOSH TARKIBI
Dinamo jamoasining Oliy Liga-2017 1-davrasida maydonga tushgan tarkibi Dinamoning Oliy Liga tarixidagi eng yosh tarkibiga aylandi.
Jamoaning dastlabki 5-turdagi o'rtacha yoshi - 23,7 yoshni tashkil etdi. Birinchi davrada maydonga tushgan o'rtacha yosh esa – 24 yoshni tashkil etdi. Bu borada Dinamo Bunyodkor bilan birga mavsumning eng yosh jamoasi bo'ldi.
Xususan, joriy mavsumda jamoa safida Saidjamol Davlatjonov (19 yosh), Jasur Qurbonov (20 yosh), Abdujamol Isroilov (20 yosh), Hakimxon Alamxonov (21 yosh), Javohir Qahramonov (21 yosh), Mirkomil Lokaev (21 yosh) singari futbolchilar debyutlarini nishonlashdi. Jumladan, 1997 yilda tug'ilgan Saidjamol Davlatjonov Dinamo safida 2017 yilda maydonga tushgan eng yosh futbolchi bo'ldi.
Dinamo klubi matbuot xizmati.



