"Dinamo" 17 yildan so'ng safarda "Paxtakor"ni mag'lub etdi

Narzulla Saydullayev
13 mar 2017, 08:31
Kecha oliy liganing 3-turidan o'rin olgan dastlabki o'yin bo'lib o'tdi.

Unda "Paxtakor" o'z uyida Samarqandning "Dinamo" klubini qabul qilib 0:1 hisobida yutqazdi.

Shu tariqa, "Dinamo" oxirgi 17 yil ichida ilk bor ushbu jamoa maydonidan g'alaba bilan qaytdi. Samarqand klubi oxirgi bor 2000 yilda "sherlar"ni Toshkentda taslim qilgan edi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia