Dilyaver Vaniev: "Bunday maydonda kombinacion o'yin namoyish etib bo'lmaydi"

Оқил Абдубарноев
28 okt 2022, 20:27
Pro liga 24-turi doirasidagi "Andijon" – "Mashal" bahsidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Diyalver Vaniev o'yin haqida fikr bildirdi.

O'yin haqida

-  "Bunday maydonda kombinacion o'yin namoyish etib bo'lmaydi. “Andijon” standart vaziyatlarda nimalarga qodir ekanliklarini yaxshi bilardik. Tayyorgarlik ko'rmaganmiz, deya olmayman. Albatta, tayyorgarlik ko'rdik. Qanotlar orqali otilgan autlar va standartlar xavfli chiqdi. Tanaffuschaga hisobda oldinda borayotgandik. Tanaffusda o'yinchilarga etarlicha taktik ko'rsatmalar bergandim. Ayniqsa, havodagi kurashlarda yutqazmaslik kerakligini uqtirdim. Ammo qayerdadir xato qilishni boshladik va hammasi o'zgarib ketdi. 

-  Mag'lubiyatda asosiy aybdor kim?

-  Hozir kimnidir alohida ko'rsatib o'tirmayman. Biz qo'ldan kelganicha harakat qildik. Qaysidir vaziyatlarni oxirigacha ishlamaganmiz. Hammaga rahmat. “Andijon”ni Superligaga chiqqani bilan tabriklayman.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia