Dilshod Nuraliev: “Mustaqil ravishda ishlashni istaganim uchun yoshlar terma jamoasiga o'tdim”

Narzulla Saydullayev
29 noya 2015, 11:00
2002 yilda tug'ilgan futbolchilar o'rtasida yangi tashkil topayotgan yoshlar terma jamoasini endilikda Dilshod Nuraliev boshqarib borishi haqida xabar berib o'tgandik.

Yoshlar bilan ishlash xadisini olgan murabbiy eng ishmarib ishga kirishish arafasida. Biz esa Nuraliev bilan suhbatlashib, ayrim savollarga javob oldik.

- Dilshod aka, yaqinda OTJda murabbiylar shtabi o'zgardi. Bungacha sizni ushbu jamoada ko'rayotgan edik. Endilikda nima bilan mashg'ulsiz?
- Ta'kidlab o'tganingizdek, OTJda yangi murabbiylar guruhi faoliyat boshladi. Men esa mustaqil ravishda ishlashni istaganim uchun yangi tashkil topayotgan O'zbekiston U-13 yoshlar terma jamoasini boshqarishni lozim topdim.  

- Siz tilga olib o'tgan yoshlar terma jamoasining ilk yig'ini taniqli mutaxassis Ahmadjon Musaev boshchiligida o'tgandi...
- Bilasizmi bu terma jamoa endi-endi tuzilmoqda. Menimcha terma jamoalar markazi tomonidan yaqin kunlarda rasman tasdiqlansa kerak.

- Bosh murabbiy kim bo'ladi?
- Javobgarlikni o'z bo'ynimga oldim. Endi-endi ishga kirishamiz. Darvoqe, shuni ham aytib o'tishni istardimki, 2000 yilda tavallud topgan futbolchilardan iborat bo'lgan U-15 yoshlar terma jamoamizni bugungi kunda Temur Olimxo'jaev boshqarmoqda. Murabbiylar shtabida ushbu mutaxassisga ham yordam berib boradigan bo'ldim.

- U-13 yoshlar terma jamoasida yordamchilaringiz kimlardan iborat bo'ladi?
- Bu haqda hozircha o'ylab ko'rganim yo'q. Yaqin orada bunga oydinlik kiritilsa kerak.

- Boshqaruvingizdagi terma jamoaning yaqin oradagi rejalari qanday?
- Buni terma jamoa markazi aniqlaydi. Katta extimol bilan yig'inlar yanvar va fevral oylaridan boshlansa kerak.  

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia