O'zbekiston U-13 terma jamoasi "Bunyodkor-2002" bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi

Tolibjon Qosimov
19 dek 2015, 17:06
2002 yilda tavallud topgan futbolchilardan iborat terma jamoa bugun "Bunyodkor"ning shu yillar jamoasi bilan nazorat uchrashuvi o'tkazdi.

O'yin 20 daqiqadan uchta taym davom etdi. Bundan ko'zlangan maqsad yig'inga chaqirilgan har bir futbolchini sinovdan o'tkazish. Qiziqarli o'tgan bahsda 3:3 hisobi qayd etildi.

Ayni paytda O'zbekiston U-13 terma jamoasi 2016 yilning yanvar oyida Qatar poytaxti Doxada bo'lib o'tadigan turnirga tayyorgarlik ko'rmoqda.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-13 terma jamoasini avvaliga Ahmadjon Musaev boshqarib kelayotgan edi. Keyinchalik bosh murabbiylikka Dilshod Nuraliev tayinlandi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia