Dilshod Nuraliev O'zbekiston U-13 terma jamoasida ishlaydi

Narzulla Saydullayev
29 noya 2015
Yaqinda O'zbekiston olimpiya terma jamoasning yangi murabbiylar shtabida sezilarli o'zgarishlar ro'y berdi.

Samvel Babayan bosh murabbiy etib tayinlangach, uning yordamchilari ham milliy terma jamoadagi assisentlaridan tashkil topdi. Bungacha Viktor Jalilovga yaqindan ko'maklashib kelgan Dilshod Nuraliev esa endilikda faoliyatini U-13 yoshlar terma jamoasida davom ettiradigan bo'ldi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia