Dilshod Andaev: “Xorazm” bilan o'yinda faqat g'alaba uchun maydonga chiqamiz”

Narzulla Saydullayev
9 iyul 2013, 13:30
Bugun birinchi liganing “G'arb” mintaqasida ham bir nechta o'yinlar jamoalarning keyingi taqdiriga oydinlik kiritadi.
Xususan Kosonda kechadigan “Alanga” – “Xorazm” bahsining ahamiyati yuqori. Shu bois bo'lajak o'yin oldidan “Alanga” bosh murabbiyi Dilshod Andaevning fikrlari bilan qiziqdik.

- Dilshod aka, bugun birinchi bosqichning so'nggi o'yini bo'lib o'tadi. Jamoangizning “Xorazm”ga qarshi kechadigan bahsi juda muhim ekanligini inobatga olib aytadigan bo'lsak, bo'lajak bahsga tayyorgarlik qanday?

- Haqiqatdan ham, bugungi o'yin ko'p narsaga aniqlik kiritadi. Garchi bizni mazkur o'yinda durang natijasi ham ikkinchi bosqichga chiqishimizni taminlasada, faqat g'alaba uchun maydonga chiqamiz.

- “Xorazm” ham yutuqni ko'zlab kelgani aniq. Bu jamoa haqida fikringiz qanday?

- Urganch jamoasi tarkibida ham bu yil asosan yoshlar harakat qilmoqda. Jamoa o'yini ham yomon emas. Ko'ramiz, bugun kim g'alaba qozonar ekan.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia