Diego Simeone o'yin vaqtini cho'zgani uchun "Man Siti" futbolchilarini namoyishkorona olqishladi

Aziz Tukhtamuradov
14 apr 2022, 08:10
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone o'yin vaqtini cho'zgani uchun "Manchester Siti" futbolchilarini namoyishkorona olqishladi.

"Atletiko" - "Manchester Siti" (0:0) o'yini hakami Daniel Zibert ikkini bo'limda to'xtalishlar ko'p bo'lgani sabab 12 daqiqa vaqt qo'shib berdi. 

Mezbonlar bosh murabbiyi esa 100-daqiqada, hali o'yin tugamasdan turib maydonga tushib ketdi va raqib futbolchilarini vaqtni cho'zayotgani uchun namoyishkorona olqishladi. Ushbu harakati uchun u sariq kartochka bilan jazolandi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: GettyImages