Diego Kosta: "Yozda "Chelsi"dan ketishni istagandim"

Aslanov Jasurbek
2 yanv 2017, 12:48
"Chelsi" hujumchisi Diego Kosta yozda London klubini tark etmoqchi bo'lganini tan oldi.

"Yozda ketishim mukinmidi? Albatta. Bu haqda o'ylaganman, ammo qolganimdan xursandman. "Atletiko"ga qaytish imkonim bor edi.

Oilam va boshqa sabablar tufayli ketmoqchi bo'lganman, ammo gap "Chelsi"da emas. Muxlislar bu yerda meni yaxshi ko'rishadi va bundan xursandman.

Murabbiy kamina bilan tanishish jarayonida menga ishonishini aytdi" - deydi Diego Kosta.

Joriy mavsumda Kosta APLning 18-ta uchrashuvida 14 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph