Diego Forlan: "Atletiko" sovrinlar uchun kurashda paydo bo'lishi mumkin. Suares - juda yaxshi transfer"

Alisher
16 noya 2020, 17:38
"Atletiko" sobiq hujumchisi Diego Forlan Madrid klubining joriy mavsumdagi harakatlari haqida gapirdi.

"Ular jamoani saqlab qolishdi, ularning har bir poziciyasida ajoyib o'yinchilar bor.

La Liga - juda tig'iz turnir va biz katta klublarning ham ochko yo'qotayotganini ko'rdik. "Atletiko" Chempionlar Ligasida ham kuchli tarkibi bilan o'ynashiga to'g'ri keladi. Ular juda ham yaqinlar [sovrinlar uchun kurashga] va yana poygada paydo bo'lishlari mumkin.

"Atletiko" Suares va "Barselona" o'rtasidagi vaziyatdan foydalandi, juda yaxshi transfer, Luis shu yoshda ham barchasini isbotlamoqda", - deydi Forlan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca