Dibala jarohati sabab Argentina terma jamoasi oktyabrdagi o'yinlarini o'tkazib yuboradi

Alisher
2 okt 2021, 15:19
"Yuventus" hujumchisi Paulo Dibala Argentina terma jamoasining oktyabr oyidagi o'yinlarini o'tkazib yuboradi.

Milliy jamoa matbuot xizmatining xabar berishicha, 27 yoshli futbolchi terma jamoa tarkibiga kiritilgan edi, ammo tibbiy tekshiruvdan so'ng ma'lum bo'ldiki, u mushak jarohati sabab ishtirok eta olmaydi.

Argentina terma jamoasi oktyabr oyida JCH-2022 saralash doirasida uchta o'yin o'tkazadi: Paragvay (8 oktyabr), Urugvay (11 oktyabr) va Peru (15 oktyabr).

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/Argentina