Dibala "Chelsi"ga qarshi o'yin oldidan umumiy guruhga qaytdi

Aslanov Jasurbek
22 noya 2021, 19:36
"Yuventus" hujumchisi Paulo Dibala Chempionlar ligasi guruh bosqichining 5-turida "Chelsi"ga qarshi o'ynay oladi.

Manbaning xabariga ko'ra, dushanba kuni Dibala "keksa sinora"ning umumiy guruhida mashg'ulot o'tkazdi.

Eslatib o'tamiz, Paulo Dibala shanba kuni "Lacio"ga qarshi Italiya chempionati uchrashuvini o'tkazib yuborgandi.

"Chelsi" - "Yuventus" uchrashuvi 23 noyabr seshanba kuni bo'lib o'tadi. Massimiliano Allegri shogirdlari Chempionlar ligasi pley-off bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi. Turinliklar yutqazmasa, ushbu to'rtlikda birinchi o'rinni naqd qilishadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia