Di Mariyaning xotini: Agar Argentinaning o'yini yoqmasa, Discovery kanalini tomosha qiling

Narzulla Saydullayev
13 noya 2016, 10:21
Argentina terma jamoasi Anxel Di Mariyaning turmush o'rtog'i muxlislarning tanqidlariga javob berdi.

Hech kim sizlarni Argentinaning o'yinini tomosha qilishga majburlamayapti. Agar bu jamoaning o'yini yoqmasa Discovery kanalini tomosha qiling.

Argentinaliklar terma jamoa har doim yutavermasligini va har doim eng yaxshi bo'lavermasligini tushunib yetishsagina nimadir o'zgaradi, - deb yozadi Di Mariyaning xotini Instagramdagi o'z sahifasida.

Argentina terma jamoasi JCH-2018 saralashida 11ta o'yindan so'ng 6-pog'onada bormoqda. Bu o'rin mundialga yo'llanma bermaydi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: as.com