Di Mariya ushbu haftada "Yuventus" bilan shartnoma imzolaydi

Alisher
20 iyun 2022, 13:53
Forvard Anxel Di Mariya "Yuventus" bilan shartnoma imzolaydi.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, 34 yoshli argentinalik ushbu haftada Turin klubiga javobini aytadi. O'yinchi bir yillik shartnoma imzolaydi.

Di Mariya PSJda 2015 yilning yozidan beri o'ynayotgan edi. Argentinalik ushbu yozda Parijni klub tarixidagi eng yaxshi assistent sifatida tark etdi.

Futbolchi o'tgan mavsum PSJ tarkibida 31ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 9ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano