Deyarli barcha futbolchilari bilan xayrlashgan "Metallurg" chernogoriyalik hujumchisini transferga qo'ydi

Administrator
24 dek 2024, 23:35
Klub deyarli barcha futbolchilari bilan kelishuvni bekor qilgandi.

2025 yilgi mavsum ma'lum sabablarga ko'ra Superligada ishtirok etmaslikka qaror qilgan “Metallurg” futbol klubi chernogoriyalik hujumchi Balsa Sekulichni transferga qo'ydi.

Eslatib o'tamiz, Balsa Sekulich “Metallurg” jamoasiga 2024 yilgi mavsumning ikkinchi yarmida kelib qo'shilgandi. U 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, 479 daqiqa harakat qildi. Raqiblar darvozasiga 1 ta gol kiritdi. 1 marta ogohlantirildi.

Ma'lumot uchun, "Metallurg" klubi bir necha kun oldin rasman Superligada ishtirok etmasligini ma'lum qilgandi. Bu klubning bosh homiysi jamoani moliyalashtirishni to'xtatgani bilan izohlangandi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: "Металлург" клуби матбуот хизмати