Devid Moyes sobiq jamoasiga qaytishi mumkin

"Everton" uning xizmatlariga ehtiyoj sezmoqda.

Sky Sports nashri xabariga ko'ra, jamoaning amaldagi ustozi Marku Silva lavozimidan ozod qilinadi. Chunki ayni vaqtda uning jamoasi 14 ochko to'plagani holda APL musobaqa jadvalining 15-pog'onasini band qilib turibdi.  Takidlash lozimki, "Everton" so'nggi 9 uchrashuvning 6 tasida mag'lubiyatga uchradi.

56 yoshli Devid Moyes 2002-2013 yillar oralig'ida "Everton"da ishlagandi. Bundan tashqari, shotlandiyalik mutaxassis MYU, "Real Sosedad", "Sanderlend" va "Vest Xem Yunayted" klublarida ham faoliyat olib borgan.


Manba: Sky Sports