Devid Bekxem Ruben Amorimning MYUdagi faoliyati haqida: "Uni qo'llab-quvvatlash kerak, keyin natijani ko'rasiz"

Sherzod Nurmatov
20 may 2025, 16:43
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Devid Bekxem Ruben Amorimning klubda muvaffaqiyat qozonishiga ishonch bildirdi.

"Ruben murabbiy sifatida o'z falsafasini jamoaga olib kirishi uchun qo'llab-quvvatlashga muhtoj. U allaqachon bunga harakat qilmoqda, biroq menimcha, u o'z jamoasini va o'yinchilarni jamoaga jalb qilganidan so'ng natijalarni ko'rasiz", – dedi Bekxem.

"Qizil iblislar" sobiq a'zosi, shuningdek, rahbariyat futbolchilar transferi borasidagi siyosatini o'zgartirishi kerakligini aytdi va klubni Brunu Fernandeshni sotmaslikka chaqirdi.

"Men Fernandeshni sotishga hojat yo'q deb o'ylayman. U ajoyib edi. Biz vaqti-vaqti bilan "Yunayted"ning bazi o'yinchilarini tanqid qilganmiz, ammo kimdir oldinga borishi kerak bo'lganida, u buni amalga oshirdi.

“Yunayted”ning yosh futbolchilari klubni tark etishi ham menga yoqmaydi. Biz futbolchilarni faqat moliyaviy sabablarga ko'ra sotmasligimiz kerak", – deya qo'shimcha qildi u.

Brunu Fernandeshning yutuqlari nafaqat Bekxem tomonidan qayd etildi – portugaliyalik futbolchi 2024/25 yilgi mavsum yakuniga ko'ra jamoaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Manchester Evening News