Desham Fransiyada yil murabbiyi bo'ldi

8 yanv 2019, 07:53
Fransiya terma jamoasi ustozi o'z mamlakatida ham tengsiz deb topildi.

France Football nashri talqiniga ko'ra, Dide Desham Fransiyada 2018 yilning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. 50 yoshli mutaxassis o'tgan yozda Fransiya terma jamoasi bilan Jahon chempioni bo'ldi.

Desham nashr mukofotiga 2003 hamda 2010 yillarda ham loyiq ko'rilgandi. Francuz o'tgan mavsum yakuniga ko'ra, FIFA tasnifi bo'yicha ham eng yaxshi deb topilgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: France Football