Desai Oliy Liga vakillariga seminar o'tkazdi

Narzulla Saydullayev
20 apr 2017, 13:33
O'zbekiston Futbol Federatsiyasi anjumanlar zalida Osiyo Futbol Konfederatsiyasi milliy futbol associyaciyalarini rivojlantirish bo'yicha oficeri Yogesh Desai hamda Oliy Liga futbol klublari rahbarlari ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Mazkur tadbir davomida OFK vakili yig'ilish ishtirokchilarini OFKning milliy futbol associyaciyalarini rivojlantirishga qaratilgan dasturi bilan tanishtirdi.

Takidlash lozim, avvalroq O'zbekiston Futbol Federatsiyasi "Futbol ligasini rivojlantirish dasturiga" kirish uchun zayavka topshirgan va Osiyo Futbol Konfederatsiyasi ushbu zayavkani maqullagan holda, O'zbekiston Futbol Federatsiyasini ushbu dasturga kiruvchi 35ta Futbol Associyaciyalari ro'yxatiga kiritgan edi. Mazkur dasturga Janubiy Koreya, Avstraliya, Saudiya Arabistoni, Eron, Qatar kabi davlatlar milliy associyaciyalari ham kiradi. Ma'lumot uchun, "Liga rivojlantirish dasturi" - OFKning milliy associyaciyalar ligalarini rivojlantirishga qaratilgan loyihasi hisoblanadi. Ushbu loyiha "Liga hamda klublar menejmenti", "Uchrashuvlarni tashkil qilish va o'tkazish", "Liga marketingi" hamda "Liga infratuzilmasi" kabi savollarni qamrab olgan.

Takidlash lozim, ayni damda OFKning yuqorida takidlangan loyiha dasturi asosida O'zbekiston Professional Futbol Ligasi O'zbekiston Chempionati uchrashuvlarini onlayn tarzda translyatsiya qilish hamda Oliy Liga futbolchilarini elektron ro'yxatga olish kabi loyihalari ustida ishlamoqda. Shuningdek, O'zbekiston Professional Futbol Ligasi Liga klublari marketingini rivojlantirish va yaxshilashga qaratilgan dastur borasida ham ishlash niyati borligini takidlagan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz