

"Bugungi o'yinda bizga tajriba yetishmadi. Bundan tashqari ob-havoga ko'nikish ham qiyin bo'ldi. Shu sababli ham natija shunday bo'ldi. Mag'lubiyatga sabablardan yana biri sifatida Toshkentga juda ham kech yetib kelganimizni aytgan bo'lardim".
"Ma'lumot o'rnida aytib o'tmoqchimanki, mendan oldingi murabbiy bir oy oldin iste'foga chiqqan. Shu bois 1 oydan buyon ushbu jamoada ishlayapman. Bundan tashqari futbolchilar o'z klublarida o'ynashgani uchun tayyorgarlik uchun faqat bir oy vaqtimiz bo'ldi xolos".
"O'zbekiston terma jamoasini o'rganishga keladigan bo'lsak ularning oldingi o'yinlarini tomosha qildik. Masalan, Yaponiya bilan bahsni ko'rdik. Ular texnik va taktik jihatdan juda ham kuchliligini bilardik. Shunga tayyorlanib kelgandik".
"Futbolda hamma narsa bo'lishi mumkinligini ta'kidlab o'tmoqchiman. Biz hali taslim bo'lganimiz yo'q. Keyingi o'yinda Tojikistonga qarshi eng kuchli o'yinimizni ko'rsatishga harakat qilamiz va balki guruhdan ham chiqarmiz", - deydi Derrik Pereyra.




