Derdiyok “Paxtakor” safida ilk golini urdi

Eldor Akmurzayev
14 mar 2020, 20:00
Ayni dam O'zbekiston Superligasining 3-turidan o'rin olgan “Paxtakor” – “Metallurg” bahsi davom etmoqda.

Uchrashuvning 62-daqiqasida Igor Sergeevning o'rniga zaxiradan maydonga tushgan shveytsariyalik forvard Eren Derdiyok biroz o'tib bekobodliklar darvozasini ishg'ol etdi. 

Bu 31 yoshli futbolchining “sherlar” tarkibidagi birinchi rasmiy to'pi sifatida yozildi. U bunga "Paxtakor" safidagi 5-o'yinga kelib erishdi. 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia