Derbidan oldin "Barselona"da yo'qotish bor

Mirjalol Normatov
30 dek 2020, 19:27
"Barselona" matbuot xizmati LaLiganing 19-turi doirasida "Espanol"ga qarshi o'yindan oldin jamoada yo'qotishlar borligini ma'lum qildi.

Darvozabon Mark-Andre ter Shtegen jarohati sababli ushbu bahsni o'tkazib yuboradi. Uning safga qaytishi tiklanish jarayonining tezligiga qarab aytish mumkin. Shunda ham u taxminan 3 hafta davomida maydondan tashqarida bo'ladi.

Shuningdek, kichik jarohati bor darvozabon Neto rahbariyatdan 2 yanvarga qadar javob so'ragandi, biroq shunday bo'lsa-da, u bugun jamoa qarorgohiga yetib keldi. Posbon kutilganidan erta tuzaldi.

"Espanol"ga qarshi o'yin 4 yanvar kuni soat 01:00da start oladi. 9 yanvar kuni "Barselona"ni Ispaniya Superkubogi doirasida "Atletiko"ga qarshi o'yin kutib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/fcbarcelona