Depay Messi haqidagi fikrlarini bildirdi

Aziz Tukhtamuradov
23 iyul 2021, 09:59
Memfis Depay yangi jamoadoshi Leo Messi haqidagi fikrlarini bildirdi.

"Bu orzu. U afsona va men boshqa gap ayta olmayman. U jahonning eng yaxshi futbolchisi. Amerika Kubogida nimalar qilganini ko'rdingiz. 

U bilan birga o'ynash imkoniyatini sabrsizlik bilan kutyapman. Men uning katta muxlisiman. 

Menimcha dunyodagi xar bir futbolchi bunday o'yinchi bilan o'ynashni istagan bo'lardi. Men ham. 

U bir necha yildan buyon jamoasi uchun qadrli. Kecha klub muzeyida uning "Oltin to'p"larini ko'rdim. Balki ular orasiga yana bittasi qo'shilar. Shuning uchun ham u bilan o'ynash - men uchun orzu", - dedi Depay. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: fcbarcelona.com