Depay "Lion" sardori etib tayinlandi

21 noya 2019, 23:48
"Lion"ning gollandiyalik hujumchisi Memfis Depay francuz klubi sardoriga aylandi.

Bu haqida jamoa ustozi Rudi Garsiya ma'lumot berdi.

"Depay jamoamiz sardori bo'ladi. Memfis ham jismoniy, ham motivacion jihatdan yangi bosqichga ko'tarildi. Bundan tashqari, u francuz tilini o'rganishni ham boshlab yubordi", - deydi Garsiya.

Eslatib o'tamiz, "Lion" keyingi uchrashuvda "Nicca"ga qarshi o'ynaydi. Depay mazkur bahsni jarohati sabab o'tkazib yuboradigan bo'lsa, jamoani maydonga Leo Dyubua boshlab tushadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: France Football