

“O'yinga psixologik tomondan yaxshi tayyorgarlik ko'rishimiz lozim. Bu biz uchun finaldek. Shiddatli o'ynashimiz kerak, bizni 90 daqiqamiz bor.
Albatta, ko'p narsa “Benfika”ning natijasiga bog'liq, ammo e'tiborimizni o'zimizga qaratishimiz va o'yinda yutishga harakat qilishimiz zarur.
Revansh olishni istaymiz albatta, bu bizning so'nggi imkoniyatimizdir ehtimol. Bu o'yinda barchasi hal bo'ladi va kerakli natijaga erishish uchun bor kuchimizni ishga solishimiz lozim.
Hammasi ishonchga bog'liq. “Barselona”miz, shu tufayli hamma narsa bo'lishi mumkin”, deydi niderlandiyalik.



