Depay "Barsa" bilan o'rtadagi shartnomani bekor qilish borasida muzokara o'tkazmoqda

Administrator
3 avg 2022, 00:52
Futbolchi top klubda o'ynashni istamoqda.

"Barselona" futbolchisi Memfis Depayning huquqshunoslari klub bilan muzokara olib borishmoqda. Bu haqida mashhur insayder va jurnalist Fabricio Romano xabar qildi. Maqsad klub va futbolchi o'rtasidagi shartnomani bekor qilish. Futbolchining 20 mln evro evaziga ketishi borasida hech qanday gap yo'q, Memfi erkin agentga aylanishi kutilmoqda. Depay agarda unga top klublardan taklif tushsa, "Barsa"ni tark etishga tayyor.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano