Depay "Atletik"ga qarshi o'ynamaydi, uning o'rniga boshqa hujumchi tiklandi

Оқил Абдубарноев
19 yanv 2022, 21:09
Kataloniyalik hujumchi Memfis Depay Ispaniya kubogi doirasida Bilbaoning "Atletik" klubiga qarshi o'yinda jamoasiga yordam bermaydi.

Manbaning xabariga ko'ra, futbolchi jamoasining so'nggi mashg'ulotini o'tkazib yuborgan.

Kataloniyaliklar baxtiga 2021 yilning yozidan buyon o'yinlardan chetda qolgan hujumchi Martin Breytueyt "ko'k-anorranglilar" tarkibiga qaytishi mumkin. Daniyalik forvard allaqachon jarohatidan forig' bo'lgan va Ispaniya kubogi 1/8 o'yinida jamoasiga yordam berishga tayyor.

Eslatib o'tamiz, joriy mavsum Memfis Depay Ispaniya chempionatining 16 o'yinida 8 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Yozda futbolchi Fransiyaning "Lion" klubidan "Barsa" lageriga ko'chib o'tgandi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Marca