Denis Korostichenko: "Jasurning qaytishini xohlayapmiz"

Narzulla Saydullayev
1 iyul 2022, 16:15
"Qayrat"da ijarada o'ynagan Jasur Jaloliddinov "Lokomotiv"ga qaytishi kutilmoqda.

"Lokomotiv" bosh murabbiyi Denis Korostichenko bu borada o'z fikrini bildirdi.

"Ha, Jasur jamoamizga qaytishi mumkin. Hozircha jarayon davom etmoqda va uning qaytishini xohlayapmiz. Bundan tashqari Jaloliddinov huquqiy jihatidan "Lokomotiv"ga tegishli. Umid qilamanki, u tez orada jamoamizga qo'shiladi", - dedi "Lokomotiv" bosh murabbiyi Denis Korostichenko championat.asia saytiga.



Eshitdik-da: Jaloliddinov "Lokomotiv"ga qaytyapti        

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia