

"Jamoa meni yaxshi kutib oldi, yigitlar bilan biroz suhbatlashdik. Hammani ko'rganimdan juda xursandman. Lekin hozir bor etiborimiz bo'lajak o'yinlarga qaratilgan. Hozir biz uchun har bir o'yin finalga tengligini hamma tushunib turibdi. Biz faqat natija haqida o'ylashimiz kerak. "Paxtakor" bilan bugungi o'yinda chiroyli futbol ko'rsatishimizni kutyapman va g'alaba qozonishimizga umid qilaman", – dedi Korostichenko.
Eslatib o'tamiz, "Lokomotiv"ni yaqin vaqtgacha Server Jeparov boshqarib kelayotgandi, u jamoaning qoniqarsiz natijalari tufayli ishdan bo'shatildi. Bir necha kundan so'ng klubni yana Denis Korostichenko boshqarishi ma'lum bo'ldi.



