Denis Korostichenko: "Biz juda yomon o'ynadik. Barcha ayb menda"

Mirjalol Normatov
25 apr 2022, 22:37
Superliganing 5-turi doirasida "Dinamo"ga mag'lub bo'lgandan keyin "Lokomotiv" bosh murabbiyi Denis Korostichenko o'z fikrlarini bildirib o'tdi.




- Bosimga boy o'yin bo'ldi. Ilk daqiqalardanoq ikki jamoa ham vaziyatlar yaratishga kirishdi. Nima deyishim mumkin, biz juda yomon o'ynadik. Bu to'liq mening aybim. Nimadir deyish qiyin. "Dinamo"ni mavsumdagi ilk g'alaba bilan tabriklayman. 

- Futbolchilarning birinchi bo'limdan keyin charchab qolgani nima bilan bog'liq?

- Hozir ramazon oyi bo'lishiga qaramay futbolchilar bilan tig'iz grafik ostida mashg'ulotlar olib boryapmiz. Tarkibdagi futbolchilarning katta qismi ro'za tutmoqda. Balki shuning ham ta’siri bordir. Biroq bu haqida gapirish noo'rin.

- Chempionatda 4-5 tur o'tdi. Ammo "Lokomotiv" faqatgina bir g'alabaga erishdi.

- Albatta, bu klubni ham, meni ham kayfiyatimizni tushirmoqda. Biz yaxshiroq o'ynab, ko'proq ochkolar olishimizni kutgandik. Hali oldinda o'yinlar ko'p.

- G'ulom-Haydar Gulyamovning jarohati haqida nima deysiz?

- U navbatdagi o'yinga tarkibga qaytishini kutyapmiz.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia