Demiralning "Yuventus"dan "Atalanta"ga o'tishi tafsilotlari ma'lum bo'ldi

Aziz Tukhtamuradov
5 avg 2021, 07:50
Himoyachi Merix Demiral "Yuventus"ni tark etmoqda.

Bugun u tibbiy ko'rikdan o'tadi va shundan so'ng 3 million evro evaziga "Atalanta"ga ijaraga beriladi. Keyinchalik esa u 25 million evro evaziga sotib olinadi. 

"Yuventus" shuningdek turkiyalik futbolchining keyingi harididan 10 foiz pulni oladi. 

Demiral bilan shartnoma 2026 yilgacha tuziladi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: football-italia.net