Dembelening "Inter"ga qarshi o'yinda maydonga tushmagani sababi ma'lum bo'ldi

Mirjalol Normatov
26 okt 2018, 20:55
YCHLning 3-turi doirasida Usmon Dembele "Inter"ga qarshi o'yinda maydonga tushmadi.

"Sport.es" xabariga ko'ra, 21 yoshli fransiyalik jamoaning o'yinoldi yig'ilishiga 25 daqiqa kechikib kelgan. Bu holat "ko'k-anorranglilar" bosh murabbiyi Ernesto Valverdega yoqmagan va uni maydonga tushirmaslikka qaror qilgan.

Uchrashuvda kataloniyaliklar 2:0 hisobida g'alabaga erishdi. Dembele bu mavsumda "Barselona" tarkibida 11 o'yinda qatnashdi va 5 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sport.es