Dembele "Barselona" tomonidan jazolanishi mumkin

Aslanov Jasurbek
10 dek 2018
"Barselona" hujumchisi Usmon Dembele klub rahbariyatining ogohlantirishlariga qaramay yomon odatlaridan qutila olmayapti.

Oldinroq, fransiyalik forvard jamoaning 11:00dagi mashg'ulotiga 2 soat kechikib kelgani, u o'sha kuni tonggi mashg'ulotlarni bir o'zi o'tkazgani e'lon qilingan edi. Bu voqeadan oldin ham jamoa yig'inlariga kechikib yurgan futbolchi tez orada Kataloniya klubi rahbariyati tomonidan jazolanishi mumkin. Murabbiylarning fikricha, Dembele jazolanmaguncha yomon illatlaridan qutilmaydi.

Dembele joriy mavsum LaLiganing 14ta uchrashuvida maydonga tushib, 6ta gol urdi va 3ta golli pas berdi.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: RAC1