
"Leo va Krishtianu ikki uslub egasi. Messi iqtidor bilan tug'ilgan. Ronaldu ham iqtidorli, uning mehnatsevarligi va professionalizmi meni hayron qoldiradi. Ulardan birini tanlash qiyin, ammo Messi men bilan ishlagan futbolchilar orasida eng kuchlisi. Ronaldinyo ham men hech qachon ko'rmagan ishlarni qilardi.
Mourinyoga keladigan bo'lsak, u eng yaxshi murabbiy, chunki men ko'plab murabbiylar bilan ishlaganman: Fernando Santos, Karlo Anchelotti, Luis Felipe Skolari. Joze ko'p narsani o'zgartirdi. U kelishidan oldin Portugaliya klubi Chempionlar ligasini yutib olishiga ishonish qiyin edi" - deydi Deku.