Dekabr oxirida Gattuzoning "Milan"dagi taqdiri hal bo'ladi

Aslanov Jasurbek
20 dek 2018, 12:41
"Milan" bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo yanvar oyida klubni tark etishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, rossonerlar rahbariyati italiyalik mutaxassisga dekabr oxirigacha vaqt berdi. "Milan" bu vaqt ichida "Fiorentina", "Frozinone" va SPAL bilan o'ynaydi. Agar natijalar qoniqarsiz bo'lsa, Gattuzo ishsiz qoladi.

Ayni damdam "Milan"ni boshqarishi mumkin bo'lganlar ro'yxatida Roberto Donadoni va Arsen Venger bor.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport Mediaset