Debyushi uch oy o'ynamasligi mumkin

Aslanov Jasurbek
13 yanv 2015
Agar "Arsenal" himoyachisi Mate Debyushi operaciya qilinsa yana ma'lum muddat maydonga tusha olmaydi.

O'tgan haftada "Stok Siti"ga qarshi o'yinda Marko Arnautovich Debyushini maydon chetiga qo'pollik bilan turtib yuborgan edi.

O'yindan so'ng "kanonirlar" ustozi Arsen Venger himoyachi elkasini shikastlab olgani haqida aytib o'tdi. Daily Mail nashrining xabariga ko'ra Mate chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tadi.

Agar operaciya talab etilsa Mate uch oy maydonga tusha olmaydi va faqat mavsum so'nggida safga qaytishi mumkin.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com