De Yong Niderlandiyaga qaytishi mumkin

Aslanov Jasurbek
14 iyun 2021, 01:38
Niderlandiyalik futbolchiga sobiq klubi taklif bildirgan.

"Seviliya" hujumchisi Lyuk de Yong klubini o'zgartirishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Shiraning ma'lum qilishicha, forvard o'zining sobiq klubi - "PSV" bilan muzokara olib bormoqda.
Manbada qayd etilishicha, "PSV" o'yinchiga uch yillik shartnoma taklif qilgan.

Eslatib o'tamiz, forvardning "Seviliya" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar amal qiladi.

De Yong o'tgan mavsumda barcha turnirlarda 48 o'yinda maydonga tushib, 9 gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: https://twitter.com/NicoSchira