De Yong: "Barselona" "Real"ga yetib olishi mumkin"

Sherzod Nurmatov
27 yanv 2025
"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong jamoasining "Real"ga qarshi chempionlik uchun kurashdagi imkoniyatlariga baho berdi.

Yakshanba kuni "ko'k-anorranglilar" o'z maydonida "Valensiya"ni tor-mor etib (7:1), La Ligadagi g'alabasiz seriyasiga chek qo'ydi. Bir kun avval Madridning "Real" klubi safarda "Valyadolid"ni mag'lub etdi (3:0).

21-turdan keyin "qaymoqranglilar" 49 ochko bilan musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda, ikkinchi pog'ona "Atletiko"da (45), "Barselona" esa atigi uchinchi pog'onada (42).

7 ochkolik farqqa qaramay, kurash hali oldinda ekanligiga Frenki de Yongning ishonchi komil: 

"Albatta, biz La Ligada "Real"ga yetib olishimiz mumkin", – deya javob berdi niderlandiyalik chempionlik uchun kurash haqidagi savolga.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Yahoo Sports