De Xea: "Milliy terma jamoa safida maydonga tushganimdan hursandman"

Aziz Tukhtamuradov
8 iyun 2014, 10:47
"Manchester Yunayted" darvozaboni Devid de Xea Ispaniya milliy terma jamoasi safidagi debyuti haqida gapirib o'tdi.
Kecha bo'lib o'tgan o'rtoqlik o'yinida Ispaniya terma jamoasi Salvadorni 2:0 hisobia mag'lubiyatga uchratdi.

"Ispaniya milliy terma jamoasi libosida ilk marotaba maydonga tushganimdan hursandman. Biz ajoyib o'yin ko'rsatdik va JCH sari yana bir qadamimizni tashladik.

Qilgan mehnatlarim bir kun kelib samara berishini bilardim.

Bizning terma jamoamiz safida ikkita judayam kuchli darvozabonlar bor. Shu sababli shu kungacha maydonga tushmaganimdan uncha hafa bo'lmaganman", - deydi darvozabon.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.com