De Xea: "Manchester Yunayted" Yevropa ligasida g'alaba qozonishga urinib ko'radi"

Aslanov Jasurbek
7 yanv 2016, 16:41
"Manchester Yunayted" darvozaboni David de Xea o'z jamoasining Yevropa ligasidagi imkoniyatiga baho berdi.

MYU turnirning 1/16 final bosqichida Daniyaning "Midtyullan" klubi bilan o'ynaydi.

"Yevropa ligasi - muhim turnir. Bu musobaqada 2010 yil "Atletiko" bilan g'alaba qozonganman.

Yevropa ligasi Chempionlar ligasidan katta farq qilmaydi. Bu turnir uzoqroq davom etadi. O'ylashimcha, MYU g'alaba qozonishga qodir va bunga harakat qiladi" - deydi de Xea.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal