De Xea: "Ispan OAVning men va van Gal haqidagi ma'lumotlari yolg'on"
Aslanov Jasurbek
28 fev 2015, 11:41
"Manchester Yunayted" darvozaboni David de Xeaning takidlashicha, ispan OAVning u va jamoa bosh murabbiyi Lui van Gal gaplashmayotgani haqidagi ma'lumot yolg'on.
"Ispan OAVda men va van Gal haqida yozilganlarning barchasi yolg'on. Biz ikkimiz klubga yaxshi bo'lishini istaymiz, bu hikoyalar o'ylab topilgan. O'z faoliyatimdagi eng yaxshi damlarni boshimdan o'tkazyapman" - deydi de Xea.